Vashingtondagi G-20 sammiti (2008)

Vashingtondagi G-20 sammiti (2008)
inglizcha: 2008 G-20 Washington summit'

Vashington sammiti ishtirokchilari
Mezbon davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Sana 14-15-noyabr 2008-yil
Oʻtkaziladigan joy(lar) Milliy Muzey binosi, Vashington, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Shaharlar Vashington, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Ishtirokchilar G20 (+Ispaniya, Niderlandlar)
Keyingi Londondagi G-20 sammiti (2009)
Avvalgi Aynan shu yili moliyaviy inqirozga qarshi kurash sifatida kuchli iqtisodiy mamlakatlar yordamida G20 tashkil qilingan va sammit aynan shu uchrashuvdan soʻng oʻz davomini topgan

Vashingtondagi G-20 sammiti (2008) - Jahonning eng koʻzga koʻringan davlatlari moliya bozorlari va jahon iqtisodiyoti muammolarini topish va muhokama qilish maqsadida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlarida AQSh poytahti Vashington shahrida yigʻlishgan. Ushbu uchrashuv umumiy hamjihatlikni tasvirlaydigan 20 mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy oʻsish borasidagi hamkorlikni kengaytirish, shu yili boʻlib oʻtgan moliyaviy inqirozga qarshi kurashish va kelajakda yangi inqirozga duch kelmaslik uchun baʻzi bir iqtisodiy sohalarga yangicha oʻzgartirishlar kiritilishi muhim boʻlgan kelishuv imzolangan.[1][2] Fransiya va Yevropa Ittifoqi prezidenti boʻlgan Nicolas Sarkozy va Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown tomonidan yuritilgan ijobiy fikrlari natijasida sammit yanada boyigan.[3] 2008-yilning 11-oktyabrida G7ning moliya vazirlari bilan boʻlgan suhbatda AQSh Prezidenti Jorj Bush kelgusida G20 uchrashuvlari jahon hamjamiyatida muhim oʻrin tutishini va iqtisodiy inqirozdan chiqish yoʻllari topishini taʻkidlagan. Koʻpgina iqtisodchilar va siyosatdonlar Bretton-Vuds tizimining (Ikki jahon urushidan soʻng qabul qilingan pul harakatini boshqarish tizimi) yangi bosqichini qabul qilish kerakligini taʻkidlashgan va jahonda yangi moliya tizimini yaratish kerakligin qayd etishgan. Bu uchrashuv baʻzi bir OAV manbalarida ikkinchi Bretton-Vuds kelishuvi deya qayd etilgan.[1]

  1. 1,0 1,1 „European call for 'Bretton Woods II'“. Eurodad (2008-yil 16-oktyabr). 2008-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  2. „Summit on Financial Markets and the World Economy“. White House (2008-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  3. Lex Rieffel. „The G-20 Summit: What's It All About?“. Brookings Institute (2008-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search